Amir Temur – ilm-fan va madaniyat homiysi

Biz tarixni nima uchun о‘rganamiz? О‘tmishni yaxsha о‘rgansak, kelajakka dadil qadam qо‘yamiz, tarixda kelajak bor. Tarixni qancha yaxshi bilsak, oldinda qiladigan ishlarimizni tasavvur eta olamiz.
Tarixdagi ulug‘ shaxslar hayoti va ular yashagan davrni о‘rganish bugungi kunimiz uchun g‘oyat muhimligini, ularni bilishimiz, zamon bilan bog‘liqligini tuygan holda, yosh avlodga ajdodlarimizning hayot va ijod yо‘lini о‘rnak qilishimiz lozim. Tarixga haqqoniy qarash, buyuk ajdodlarimizni о‘qib-о‘rganish istiqlolimiz sharofati bilan yuzaga chiqdi. Ularning yurtimiz, millatimiz uchun, bobolarimizning asrlarga tatigulik amalga oshirgan ishlarini Vatanimizda о‘rganish bо‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ularga bag‘ishlangan kо‘plab asarlar paydo bо‘ldi, tavallud ayyomlarini turli shakl-shamoyildagi tadbirlar kо‘rinishida keng nishonlanmoqda.
Elim deb yashaganni boshiga kо‘targan, Temurbek Turonni yagona mamlakat etib birlashtirilishi, Sharqda uyg‘onish davrini boshlab berganligini, Amir Temurni Yevropa xalqlari buyuk sarkarda, adolatparvar davlat arbobi sifatida e’zozlanishi Marsel Brionning “Menkim, Sohibqiron jahongir Temur” asari va boshqa asarlarda atroflicha misol orqali yoritilganligini aytib о‘tdi. Men, о‘zbekman degan fuqaroning qalbida Amir Temurdan faxrlanish va u zotning tavallud ayyomini tom ma’noda bayram sifatida nishonlash, ul buyuk bobomizni yod etish, milliy о‘zligimizni anglash va kamolotga yetishimizdagi ulkan qadamdir.

Related posts