Buyuk adib Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanadi

 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 2 apreldagi «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar mazkur qaror o‘zbek xalqi uchun aziz va qadrli siymo, O‘zbekistonning ulkan do‘sti bo‘lgan buyuk ijodkorga yuksak hurmat-ehtirom ramzi sifatida qardosh qirg‘iz xalqi bilan yaqin qo‘shnichilik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda, adabiyot, madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Chingiz Aytmatov mintaqamiz tinchligi va osoyishtaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz…

Batafsil o'qish